Internet-do’konimizda tovarni xarid qilish va buyurtma berish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
- Kerakli tovar avtomatik yoki oddiy usulda izlab topiladi;
- Topilgan tovar(lar) kerakli miqdorda savatchaga qo’shiladi va «Savatcha» sahifasiga o’tiladi;
- «Savatcha» sahifasida yetkazib berish usuli tanlanadi;
- «Buyurtmani rasmiylashtirish» bo’limiga o’tiladi, xaridorning shaxsiy va yetkazish manzili ma’lumotlari kiritiladi, to’lov usuli tanlanadi;
- Buyurtma tasdiqlanadi (Agar elektron to’lov usuli tanlangan bo’lsa, shu bosqichda to’lov amalga oshiriladi);
- Buyurtma yetkazib beriladi, to’lovlar amalga oshiriladi va buyurtma xaridorga topshiriladi.
Quyida har bir bosqich haqida batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.
1. Tovarni qidirib topish.
- Avtomatik usulda izlash. Do’kon sahifasining o’ng tomoni yuqori qismida «Tovarni izlash» maydoniga tovar nomi to’liq yoki qisman kiritiladi va «Izlash» tugmasi bosiladi. Ekranda tovar kartochkasi yoki topilgan tovarlar ro’yxati paydo bo’ladi. «Tovarni izlash» maydonida tovar nomini to’g’ri kiritishga e’tibor qarating.
- Oddiy usulda izlash. «Do’kon» bo’limiga o’tiladi. Buning uchun asosiy menyudan yoki sayt sahifalarining quyi qismidagi qo’shimcha menyudan «Do’kon» bo’limini tanlashingiz mumkin. Bundan tashqari tovar turini do’konning barcha sahifalari o’ng tomonidagi «Mahsulot turlari» bo’limidan ham tanlash mumkin.
2. Topilgan tovarlardan keraklisini tanlash.
- Ekranda topilgan tovarlar ro’yxati paydo bo’lsa, tovar(lar) «Savatchaga qo’shish…» tugmasi yordamida savatchaga qo’shiladi.
- Tovarning batafsil xususiyatlari bilan tanishib chiqish uchun tovar nomi yoki surati, ba’zi tovarlarda esa «Tanlash…» tugmasi bosilishi zarur. Ekranda maxsus sahifa (tovar kartochkasi) paydo bo’ladi. Shu yerdan tovarning qo’shimcha xususiyatlari (masalan, asalning qadoqlash usuli (og’irligi), yashikning ranglar ketma-ketligi va hokazolar) va tovar miqdori tanlanadi. Oxirida «Savatchaga qo’shish» tugmasi bosiladi.
- Savatchaga qo’shilgan tovarlar soni sahifaning chap o’rta qismidagi maxsus vidjet (minisavatcha) ustida ko’rsatib turiladi (u orqali savatchaga o’tishg ham mumkin).
- Savatchaga o’tish uchun tovar kartochkasi yuqori qismidagi «Savatchani ko’rish» tugmasini yoki asosiy menyudan «Savatcha» bo’limi tanlanadi. Ekranda «Savatcha» sahifasi paydo bo’ladi.
3. Yetkazib berish usulini tanlash.
- «Savatcha» sahifasida Siz tomonigizdan tanlangan barcha tovarlar ro’yxati, ularning miqdorlari, summalari ko’rsatiladi. Siz tovar miqdorini o’zgartirishingiz yoki ortiqchasini ro’yxatdan chiqarib tashlashingiz mumkin. Miqdori o’zgartirilgan taqdirda, oxirida «Savatchani yangilash» tugmasini bosishni unutmang.
- «Savatcha» sahifasining quyiroq qismida Siz buyurtmani yetkazib (eltib) berish usulini tanlashingiz mumkin (Agar savatchadagi tovarlar summasi 70.000 so’m va undan ortiq bo’lsa, «Bepul yetkazish» usuli ham paydo bo’ladi. Bunda eltib berish bepul hisoblanadi va Siz faqat tovarning o’zi uchun haq to’laysiz!)
- Agar Siz tovarni o’zingiz olib ketishni xohlasangiz, bunda ham faqat tovarning o’zi uchun haq to’laysiz.
- Oxirida «Buyurtmani rasmiylashtirish» tugmasini bosing.
4. Buyurtmani rasmiylashtirish.
- Ushbu sahifada buyurtma uchun haq to’lash usulini, o’zingiz haqingizdagi ma’lumotlarni, shuningdek buyurtma eltib beriladigan manzil ma’lumotlarini kiritishingiz zarur (ma’lumotlarni qaysi (rus, o’zbek) tilda to’ldirishingizning ahamiyati yo’q). Unutmang, * belgisi bilan ko’rsatilgan maydonlar to’ldirilishi majburiy hisoblanadi. Aks holda buyurtma qabul qilinmaydi.
- Buyurtma «Yetkazish va to’lov» sahifasida belgilangan muddatlarda yetkazib beriladi (Ushbu sahifaga o’tush uchun menyudan «Yordam» / «Yetkazish va to’lov» bo’limini tanlang).
- Siz «Buyurtmani rasmiylashtirish» sahifasida kunning buyurtmani eltib berishimiz uchun o’zingiz uchun eng maqbul bo’lgan vaqtini ko’rsatishingiz mumkin. Aks holda buyurtmangiz kun davomida biz uchun qulay bo’lgan vaqtlarda yetkazib beriladi.
5. Buyurtmani tasdiqlash.
- Buyurtma rasmiylashtirib bo’lingach, «Men Ommaviy oferta bilan tanishdim va buyurtmani tasdiqlayman» kalitini ulab, «Buyurtmani jo’natish» tugmasi bosiladi.
- Agar to’lov usuli sifatida elektron to’lov (Click, PayMe) usuli tanlangan bo’lsa, elektron to’lov amalga oshiriladi. Buning uchun kompyuter, planshet yoki telefonin orqali tegishli to’lov tizimiga o’tiladi. Unutmang, elektron to’lov tizimidan foydalanishingiz uchun plastik kartangiz uchun UzCard va tegishli to’lov tizimi faollashtirilgan bo’lish kerak.
- Shu bosqichda Siz buyurtmani bekor qilishingiz ham mumkin. Buning uchun sahifadagi «To`lovni bekor qilib, orqaga qaytish» tugmasi bosiladi.
6. To’lovlarni amalga oshirish va buyurtmani qabul qilib olish.
- Buyurtmangiz Internet-do’konda qabul qilingach, bu haqda Sizning elektron pochta manzilingizga xabar yuboriladi.
- Agar buyurtma hujjatlari yoki shartlarida qandaydir kamchilik yoki nomuvofiqlikni aniqlasangiz, bu haqda darhol xabar qilishingiz kerak. Bunda buyurtma qayta rasmiylashtirilishi mumkin.
- Buyurtmani bekor qilish Ommaviy ofertada belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
- Buyurtma faqat tegishli summa to’langandan va qabul qilish hujjati Siz tomoningizdan imzolangandan keyin Sizga topshiriladi.