Siz asalarichimisiz? Yoki asalarichilik mahsulotlarini (qutilar, romlar) tayyorlaysizmi? O’zingiz yetishtirgan asal yoki asalarichilik mahsulotlaringizni zamonaviy va qulay usullarda sotishni xohlaysizmi? – Unda biz bilan hamkorlik qiling!
Biz bilan hamkorlik qilish orqali Siz quyidagi qo’shimcha imkoniyatlarga ega bo’lasiz:
- mahsulotlaringizni o’z hududingizdan tashqari, Farg’ona viloyatining barcha shahar va tumanlari, Toshkent shahri hududlarida ham realizatsiya qilishingiz mumkin (Bundan tashqari kelgusida biz asal mahsulotlarini butun O’zbekiston Respublikasi bo’ylab yetkazib berishni ham rejalashtirganmiz);
- Siz o’z mahsulotlaringizni biz orqali cheklanmagan doiradagi iste’molchilarga tanishtirishingiz mumkin;
- Bizning yordamimiz bilan mahsulotlaringiz uchun to’lovlarni eng zamonaviy usullari bo’lgan Click, PayMe kabi elektron to’lov tizimlari orqali qulay usulda sotishingiz mumkin;
- va hokazo.
Agar yuqoridagi ma’lumotlar Sizni qiziqtirayotgan bo’lsa, vaqtni o’tkazmay sayt sahifalarining yuqori qismida ko’rsatilgan telefon raqamlarimiz orqali hoziroq biz bilan bog’laning.