Hurmatli tashrif buyuruvchi, biz Sizni «Bag’dod Asali» internet-do’konimiz xaridorlari yoki hamkorlari qatorida ko’rayotganimizdan mamnunmiz!

Biz Sizga Farg’ona viloyati Bag’dod tumanida faoliyat yuritayotgan «Bag’dod Zamin Asali» dehqon xo’jaligining tajribali asalarichilari tomonidan asosan go’zal Farg’ona Vodiysining turli hududlarida yetishtirilgan toza va shifobaxsh asal mahsulotlarini taqdim etishdan mamnunmiz. Asalarichilar yoki tabiblar uchun esa turli asalarichilik mahsulotlarini taklif etamiz.

Siz o’z uyingiz yoki ofisingizni tark etmasgan, shu bilan birga sevimli mashg’ulotingizdan chalg’imasdan – Inernet orqali asal va asalarichilik mahsulotlarini sotib olishning zamonaviy hamda qulay usulidan foydalanishni taklif etamiz. Sizning buyurtmangizni rasmiylashtirish va eltib berish bilan bog’liq ortiqcha tashvishlarini biz va kuryerlarimiz o’z zimmamizga olamiz. Sizga esa, kompyuter yoki smartfon orqali kerakli tovarni va uning miqdorini tanlash va buyurtmani rasmiylashtirish qoladi xolos.

Biz internet-do’konimizda tovarni tanlash va xarid qilish jarayonini Siz uchun maksimal darajada engillashtirishga harakat qildik. Agar Siz saytimizga birinchi bor tashrif buyurgan bo’lsangiz, Sizga kerakli tovarni topish va xarid qilish tartibi va Siz bilan Internet-do’kon o’rtasidagi shartnoma o’rnini bosuvchi hujjat – Ommaviy oferta bilan tanishib chiqishni tavsiya qilamiz.

Shundan keyin kerakli tovarlarni virtual savatchaga solishingiz, uni Sizning manzilingizga yetkazish va to’lov usullarini tanlashingiz mumkin. U yog’iga Sizdan faqat buyurtmangiz yetkazilishini kutish qoladi xolos. Agar Siz asal va boshqa ayrim asalarichilik mahsulotlarining foydali xususiyatlari bilan yaqindan tanishmoqchi bo’lsangiz, asosiy menyuning «Bu foydali» bo’limi orqali tegishli sahifalarga o’tishingiz mumkin.

Agar qaysidir bosqichda qiyinchilikka duch kelsangiz yoki Sizda qandaydir savollar tug’ilsa, hech tortinmasdan biz bilan bog’lanishingiz mumkin. Unutmang, har bir xaridor hoh u tajribali yoki yangi bo’lsin biz uchun muhim. Biz bilan o’zingizga qulay (onlayn-chat, telefon, elektron pochta) usulda bog’lanishingiz mumkin (Agarda Sizda internet-do’konni takomillashtirish bo’yicha takliflaringiz bo’lsa, biz bundan faqat xursand bo’lamiz).

Internet-do’konimizning barcha imkoniyatlaridan to’liq foydalana olishingiz uchun Sizni saytda ro’yxatdan o’tib o’zingiz uchun alohida shaxsiy kabinet ochishingizni tavsiya qilamiz.

Yana bir qulaylik, agar xarid qilish davomida Siz 70.000 so’m va undan ortiq summadagi asal mahsulot(lari)ni tanlasangiz, tovar(lar) Sizga yo’l kira haqisiz eltib beriladi, bu haqda batafsilroq tegishli sahifada tanishishingiz mumkin.

Agar Siz asalarichi bo’lsangiz, biz bilan hamkorlik qilishni taklif qilamiz. Biz bilan hamkorlik qilish imkoniyatlari va tartibi alohida sahifada ko’rsatib o’tilgan.

Sizga yana bir bor bizning internet-do’konimizga tashrif buyurganingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz va xaridlaringizda omad tilaymiz.