«BAG’DOD ASALI» INTERNET-DO’KONINING
OMMAVIY OFERTASI
Men, “Xaridor” sifatida, «Bag’dod Asali» Internet-do’konining ushbu Ommaviy ofertasi qoidalariga (kelgusida Qoidalar) amal qilishimni tasdiqlayman. «Fer Modern Service» xususiy korxonasi (kelgusida «Kompaniya») xaridorlarga Kompaniyaning xizmatlaridan foydalanishni ta’minlovchi virtual savdo resursi – “www.bagdodasali.uz” veb-sayti orqali, shuningdek mahsulot va xizmatlari ma’lumotlaridan, mobil qurilmalar uchun ilovalaridan va Kompaniyaning boshqa dasturiy ta’minotidan (kelgusida Internet-do’kon) foydalanish, Kompaniyaga tegishli Internet-do’konni qo’llash bilan bog’liq xizmatlardan (kelgusida Xizmatlar) foydalanish imkoniyatlarini taqdim etadi. Kompaniya o’z Xizmatlarini ushbu Qoidalar asosida taqdim etadi.
1. IBORALAR VA TUSHUNCHALAR
Ishlab Chiqaruvchi – «Bog’dod Zamin Asali» dehqon xo’jaligi, o’z Nizomi asosida faoliyat yurituvchi, Xaridorlarga Internet-do’kon vositasida o’z mahsulot (Tovar) larini sotib olishni taklif etuvchi va Tovarlar uchun javobgarlikni o’z zimmasiga oluvchi, Kompaniya bilan alohida shartnoma asosida faoliyat yurituvchi yuridik shaxs. Pochta manzili: O’zbekiston Respublikasi, Farg’ona viloyati, Bag’dod tumani, Olchin qishlog’i. Elektron pochta manzili: xat@bagdodasali.uz.
Kompaniya – «Fer Modern Service» xususiy korxonasi, o’z Nizomi asosida faoliyat yurituvchi va o’ziga tegishli veb-sayt (Internet-do’kon) vositasida Ishlab Chiqaruvchi va Xaridorlar o’rtasida savdo-sotiqni ta’minlab beruvchi tashkilot. Pochta manzili: O’zbekiston Respublikasi, Farg’ona viloyati, Fafg’ona shahri, Moturidiy ko’chasi, 28G uy, 3-xona. Elektron pochta manzili: fms2008@mail.ru
Xaridor – Qoidalarda belgilangan harakatlarni amalga oshirish orqali Internet-do’kondan foydalangan holda o’z ehtiyojlari uchun (notijorat maqsadida) Tovarni sotib olishni o’z zimmasiga olgan, muomalaga layoqatli jismoniy shaxs.
Internet-do’kon – «Bag’dod Asali» Internet-do’konining «www.bagdodasali.uz» elektron manzilida joylashgan va Ichlab Chiqaruvchining Tovarlarini targ’ib qilish hamda Xaridorlarni jalb qilish maqsadida Internet tarmog’ida joylashtirilgan veb-sayti va shu maqsadda mobil uskunalarda foydalanish uchun ishlab chiqilgan dasturiy ta’minoti majmuasidir. Internet-do’kon Kompaniya, Xaridorlar va Ishlab Chiqaruvchi o’rtasidagi mulkiy munosabatlarni amalga oshirish maqsadida Kompaniya tomonidan yaratilgan va amalga tatbiq etilgan intellektual mulk mahsuloti hisoblanadi.
Shaxsiy kabinet – «Bag’dod Asali» Internet-do’konining Xaridor uchun ajratilgan alohida qismi.
Tovar(lar) – Ishlab Chiqaruvchining Internet-do’konda joylashtirilgan mahsulot(lar)i va xizmat(lar)i.
Buyurtma – Xaridor tomonidan Tovarlarni sotib olish va Xaridorning manziliga yetkazib berish maqsadida zaruriy tartibda rasmiylashtirilgan so’rovi.
Kuryer – Xaridorning Buyurtmasiga muvofiq belgilangan muddatda Tovarni Xaridorga yetkazib berish majburiyatini o’z zimmasiga olgan Kompaniya yoki Ishlab Chiqaruvchi xodimi yoxud boshqa shaxs.
FOYDALANISH QOIDALARI
2. UMUMIY QOIDALAR
2.1.Ilovadan foydalanish bo’yicha ushbu qoidalar (kelgusida Qoidalar) Kompaniya tomonidan Xaridorlarga xizmatlar ko’rsatishning tartibi va shartlarini belgilaydi.
2.2.Kompaniya ushbu Qoidalarga bir tomonlama o’zgartirish kiritish huquqiga ega.
2.3.Internet-do’konda taqdim etilgan barcha axborot materiallari ma’lumot o’rnida keltirilgan bo’lib, Tovarning rangi, shakli, o’lchamlari va upakovkasi kabi ma’lum bir xuxusiyatlari va xossalari haqidagi to’laqonli xolis axborotlarni aks ettira olmasligi mumkin. Xaridorda Tovarning xuxusiyatlari va xossalariga taalluqli savollar yuzaga kelgan taqdirda, Buyurtmani rasmiylashtirishdan oldin Xaridor Ishlab Chiqaruvchidan qo’shimcha ma’lumotlar va konsultatsiya olish maqsadida Ilovada ko’rsatilgan aloqa telefoniga murojaat qilishi lozim.
3. INTERNET-DO’KONDAN FOYDALANISH QOIDALARI
3.1.Xaridorlar Internet-do’kondan ro’yxatdan o’tgan yoki o’tmagan holda foydalanishlari mumkin.
3.2. Internet-do’konda ro’yxatdan o’tish uchiun maxsus ro’yxatdan o’tish shaklini to’ldirish talab etiladi. Ro’yxatdan o’tish shakli Internet-do’konda ro’yxatdan o’tish uchun ko’rsatilishi shart bo’lgan ma’lumotlarni o’z ichiga olgan. Internet-do’konda ro’yxatdan o’tishda va kelgusida Shaxsiy kabinetga kirish uchun Xaridor shaxsiy login (nom) va parol kiritishi talab etiladi. Xaridor o’z logini va parolini uchinchi shaxslarga ma’lum qilmaslikni zimmasiga oladi.
3.3.Xaridor ro’yxatdan o’tishda taqdim etilgan axborotning mazmuni va haqqoniyligi uchun mas’ul.
4. SHAXSIY MA’LUMOTLAR
4.1. Kompaniya Xaridorning shaxsiy ma’lumotlari, elektron hujjatlari va xabarlarini Internet-do’kon vositasida qayta ishlaydi va qonunchilikka muvofiq ularning maxfiyligini ta’minlaydi. Kompaniya Xaridorning shaxsiy ma’lumotlaridan shartnomani bajarish maqsadlarida foydalanadi va ularni uchinchi shaxslarga bermaydi.Shuningdek, Kompaniya oferta va (yoki) targ’ibot (reklama) maqsadlarida Xaridorning shaxsiy ma’lumotlaridan uning roziligisiz foydalanmaydi, shu jumladan, elektron hujjatlar yoki elektron xabarlarni ommaviy yetkazish yo’li bilan ham.
5. TOMONLARNING MAJBURIYATLARI
5.1.Kompaniyaning majburiyatlari:
5.1.1.Ushbu Qoidalarning talablari va shartlarini bajarish sharti bilan Xaridorga Shaxsiy kabinet (akkaunt) ajratish va uni Internet-do’konda ro’yxatga olish.
5.1.2. Xaridorga Tovar haqida zaruriy va haqqoniy axborot taqdim etish.
5.2.Xaridorning majburiyatlari:
5.2.1.Ushbu Qoidalar shartlarini bajarish;
5.2.2. Tovarga to’lovni amalga oshirgunga qadar Buyurtma (tanlangan Tovar, summasi, Tovar miqdori va b.) to’g’ri rasmiylashtirilganligini puxta tekshirib chiqish;
5.2.3.Kompaniya tomonidan Xaridorlar uchun Internet-do’konda, jumladan Shaxsiy kabinetda e’lon qilib boriladigan xabarlar va eslatmalarni kuzatib borish;
5.2.4.Ishlab Chiqaruvchining o’z Tovarlariga nisbatan qo’ygan va o’rnatilgan shartlari hamda talablariga amal qilish;
5.2.5.Shaxsiy kabinet identifikatsion ma’lumotlarini uchinchi shaxslarga bermaslik;
5.2.6.Internet-do’konning normal ishlashiga xalaqit beradigan yoki undan noo’rin foydalanish deb hisoblanadigan harakatlarni amalga oshirmaslik.
6. TOMONLARNING HUQUQLARI
6.1.Kompaniya quyidagi huquqlarga ega:
6.1.1.Jiddiy xatolik, uzilish va boshqa kamchilik aniqlanganda, shuningdek profilaktika ishlarini amalga oshirish va Internet-do’kon tizimlariga ruxsatsiz kirish holatlarining oldini olish maqsadlarida Internet-do’konning ishlashini ta’minlovchi apparat va (yoki) dasturiy vositalarning ishini vaqtincha to’xtatib turish;
6.1.2.Zarurat tug’ilganda ushbu Qoidalarni, Tovarlarning narxlarini va xizmatlar tariflarini bir tomonlama tarzda o’zgartirish. Kiritilgan barcha o’zgartirishlar Internet-do’konda e’lon qilingan zahoti kuchga kiradi va shu paytdan boshlab Xaridorning e’tiboriga yetkazilgan deb hisoblanadi;
6.1.3.Xaridor bilan telefondagi so’zlashuvlarni yozib olish;
6.1.4.Quyidagi hollarda Xaridorning Shaxsiy kabinetiga kirishni to’sib qo’yish:
– Xaridor tomonidan ushbu Qoidalar shartlariga amal qilmaslik;
– Kompaniyaga boshqa Xaridorlar va (yoki) uchinchi shaxslar tomonidan Xaridor ularning huquq va qonuniy manfaatlarini buzganligi haqidagi da’volar kelib tushishi;
– Internet-do’konning dasturiy ta’minoti yoki uning ixtiyoriy bir qismini ruxsatsiz o’zgartirish (o’zgartirishga urinish);
– qonunchilikka muvofiq, boshqa hollarda.
6.2.Xaridor quyidagi huquqlarga ega:
6.2.1. Ishlab Chiqaruvchining Tovarlarini tanlash maqsadida Shaxsiy kabinetdan, Kompaniyaning Xizmatlaridan va Internet-do’konning boshqa resurslaridan foydalanish;
6.2.2.Tovar haqida qo’shimcha ma’lumotlar, shuningdek maslahatlar olish uchun Kompaniyaga murojaat qilish;
7. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI
7.1.Xaridor Buyurtmani rasmiylashtirish jarayonida taqdim etilgan axborotning mazmuni va haqqoniyligi uchun javobgarlikni zimmasiga oladi. Xaridor ushbu Qoidalar bo’yicha o’z majburiyatlarini umuman yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda, Xaridor O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgar bo’ladi.
7.2.Kompaniya quyidagilarga javobgar bo’lmaydi:
7.2.1.Ishlab Chiqaruvchi tomonidan taqdim etilgan axborotlarning mazmuni va ulardagi ma’lumotlarning haqqoniyligi uchun;
7.2.2.Xaridor tomonidan Internet-do’konga kirishga vaqtincha imkoniyat bo’lmay qolganligi, shuningdek u bilan bog’liq yuzaga kelgan har qanday oqibatlar uchun;
7.2.3.Kompaniyaning aybisiz yuzaga kelgan xatoliklar, o’tkazib yuborishlar, tanaffuslar va shunga o’xshash holatlar uchun;
7.2.4.Xaridorning harakatlari natijasida uchinchi shaxslarga yetgan har qanday tasodifiy yoki atayin yetkazilgan ziyonlar, jumladan har qanday daromadni yoki omonatni boy berish holatlari uchun;
7.2.5.Xaridorning identifikatsion ma’lumotlaridan foydalangan holda amalga oshirilgan har qanday harakatlar uchun, shu jumladan, bunday ma’lumotlar Xaridor tomonidan oshkor qilingan hollarda.
7.3. Kompaniya quyidagi hollarda Xaridor ko’rgan ziyon yoki boy berilgan foyda uchun javobgar bo’lmaydi:
7.3.1.Internet-do’kondan foydalanganda, shu jumladan Buyurtmani rasmiylashtirish chog’ida taqdim etiladigan rekvizitlarni noto’g’ri to’ldirilganda;
7.3.2.Xaridor tomonidan Internet-do’konga kirish uchun foydalanilgan uskunalar va dasturiy ta’minotda “viruslar” yoki boshqa zarar yetkazuvchi dasturlar mavjud bo’lganligi uchun;
7.3.3.Uchinchi shaxslarning noqonuniy harakatlari uchun, shu jumladan Xaridorning identifikatson ma’lumotlaridan foydalanish bilan bog’liq bo’lganlari uchun.
XARID QOIDALARI
- UMUMIY QOIDALAR
8.1.Internet-do’kon vositasida xarid qilishning ushbu qoidalari (kelgusida Qoidalar) Xaridorlar tomonidan Tovarlarni sotib olishning tartibi va shartlarini belgilaydi.
8.2.Kompaniya ushbu qoidalarga bir tomonlama tarzda o’zgartirishlar kiritish huquqini saqlab qoladi.
9. SHARTNOMA TUZISH TARTIBI
9.1.Kompaniya va Xaridor o’rtasidagi oldi‑sotdi shartnomasi ushbu Qoidalar shartlariga muvofiq, ofertani jo’natgan Xaridor tomonidan Ishlab Chiqaruvchining akseptini olgan paytda tuzilgan hisoblanadi.
9.2.Tovar sotib olishni istagan Xaridor Internet-do’konda ko’rsatilgan Buyurtma shaklini to’ldiradi. Buyurtma shaklini to’ldirish ikki xil usulda amalga oshirilishi mumkin: Internet-do’konda ro’yxatdan o’tish orqali yoki ro’yxatdan o’tmagan holda. Buyurtma shakli ko’rsatilishi majburiy bo’lgan ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. Bunday ma’lumotlar ko’rsatilmagan taqdirda, Buyurtmani rasmiylashtirib bo’lmaydi.
9.3.Buyurtma Xaridorning Kompaniyaga yo’llagan ofertasi hisoblanadi. Buyurtma Xaridor tomonidan “Buyurtmani jo’natish” tugmasini bosib, uni tasdiqlash orqali yuboriladi. Buyurtmaning rasmiylashtirilishi Xaridorning Tovar summasini to’lashga rozi ekanligini bildiradi.
9.4.Buyurtma yuborilganidan so’ng, Xaridorga Buyurtma qabul qilinganligini bildiruvchi xabar yuboriladi (“Buyurtmani tasdiqlash xabari”). “Buyurtmani tasdiqlash xabari” Buyurtma qabul qilinganligining tasdig’i hisoblanadi, lekin Xaridor ofertasining aksepti hisoblanmaydi. Xaridorga Tovarni jo’natilganligini anglatuvchi elektron xabar (“Tovar jo’natilganligini tasdiqlovchi xabar”) yuborilishi ofertaning aksepti hisoblanadi.
10. TOVAR TO’LOVI
10.1.Tovarning to’lovi shartlari Tovarning xususiyatlaridan kelib chiqib, har bir holat bo’yicha individual tarzda o’rnatiladi.
10.2.Xaridor o’zi amalga oshirgan to’lovlarning to’g’riligi uchun shaxsan javobgar bo’ladi. To’lov bank to’lov terminali orqali amalga oshirilganda Xaridorga korporativ kartochkalardan foydalanish taqiqlanadi.
10.3.To’lov amalga oshirilishi yuzasidan munozarali vaziyat yuzaga kelgan taqdirda, to’lov o’tkazilganligini isbotlash Xaridorning zimmasiga yuklanadi. Bunda dalil sifatida ko’rib chiqish uchun faqatgina tegishli tashkilot mas’ul shaxslari tomonidan tasdiqlangan hujjatlar qabul qilinadi.
11. BURTMANI YETKAZIB BERISH. MULKIY HUQUQNING O’TISHI.
11.1.Buyurtmani rasmiylashtirish chog’ida Xaridor Kompaniyaning Tovarni yetkazib berish bo’yicha pulli Xizmatlaridan foydalanishi mumkin.
11.2.Tovarni yetkazib berish faqat Internet-do’konning “http://bagdodasali.uz/uz/yetkazish-va-tolov-turlari/” elektron manzilida joylashgan “Yetkazish va to’lov” veb-sahifasida belgilangan hududlarga
amalga oshiriladi.
11.3.Buyurtmani Xaridorga yetkazib berish Xaridor tomonidan Buyurtmani rasmiylashtirish chog’ida ko’rsatilgan manzilga amalga oshiriladi.
11.4.Yetkazib berishning taxminiy muddati Internet-do’konning “Yetkazish va to’lov” veb-sahifasida belgilangan muddat hisoblanadi. Buyurtmani yetkazib berishning aniq muddati Buyurtmani rasmiylashtirish chog’ida, Buyurtmada ko’rsatilgan manzil, tovarning omborda mavjudligi va uning xossalariga ko’ra aniqlanadi.
11.5.Ko’rsatilgan yetkazib berish muddati o’zgartirilishi mumkin, bu haqda Xaridor Internet-do’kon, Shaxsiy kabinet yoki telefon orqali xabardor qilinadi.
11.6.Buyurtmani yetkazib berish maqsadida Kompaniya uchinchi shaxslarning xizmatlaridan foydalanishi mumkin.
11.7.Tovar Xaridorga u Buyurtmani Kuryerdan qabul qilgan va Buyurtmani qabul qilish bo’yicha tegishli hujjatlarni imzolanganidan keyin mulkiy huquq Xaridorga o’tadi.
11.8.Buyurtmani qabul qilish chog’ida (agar buning imkoni bo’lsa) Xaridor Tovarning soni, nomi va sifati bo’yicha, uning butunligi va to’liqligini tekshirish va Buyurtmani qabul qilish hujjatlarini imzolash orqali uni qabul qilib olishi shart.
11.9.Buyurtmani qabul qilish chog’ida Xaridor yoki Buyurtmani qabul qiluvchi boshqa shaxs Internet-do’kon tomonidan hosil qilingan kod yoki Buyurtma raqamini ko’rsatishi shart. Buyurtma uchun to’lov oldindan amalga oshirilgan taqdirda, Xaridor uning shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ham ko’rsatishi kerak.
11.10.Kuryer quyidagi hollarda Buyurtmani topshirmaslik huquqiga ega:
11.10.1.Xaridor yoki Buyurtmani qabul qiluvchi boshqa shaxs, tegishli kod yoki Buyurtma raqamini ko’rsatmaganda, Buyurtma uchun to’lov oldindan amalga oshirilgan taqdirda esa, Xaridor uning shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ko’rsatmaganda.
11.10.2.Xaridor yoki Buyurtmani qabul qiluvchi boshqa shaxs, Buyurtmani qabul qilish hujjatini imzolashdan va (yoki) Buyurtmaning to’liq summasini, shu jumladan yetkazib berish xarajatlarini to’lashdan bosh tortganda;
11.10.3.Qonunchilikda, ushbu Qoidalarda va boshqa hujjatlarda, shu jumladan Kuryerlik xizmati amal qiladigan hujjatlarda nazarda tutilgan hollarda.
11.11.Xaridor Buyurtmani Kuryerdan qabul qilish chog’ida Buyurtmadan to’liq yoki qisman bosh tortish huquqiga ega. Buyurtmadan to’liq yoki qisman bosh tortgan taqdirda Xaridor bosh tortishning sabablarini ko’rsatgan holda tegishli hujjatlarni imzolashi va ularni Kuryerga topshirishi shart. Buyurtmadan bosh tortgan taqdirda Xaridor Kompaniyaning Tovarning yetkazib berilishi uchun sarflagan xarajatlarini, ushbu pul mablag’larini Kuryerga topshirish orqali qoplashi shart.
11.12.Agar Xaridor Tovarni qabul qilib olish bo’yicha hujjatlarini imzolashdan asossiz ravishda bosh tortgan taqdirda va ushbu Qoidalar shartlariga asosan, Kompaniya tomonidan ko’rsatilgan xizmatlarning sifati bo’yicha yozma ravishdagi e’tirozini bildirmasa, u holda Kompaniya tomonidan ko’rsatilgan xizmatlar lozim darajada bajarilgan va ushbu xizmatlar Xaridor tomonidan qabul qilingan deb hisoblanadi.
12. BUYURTMANI BEKOR QILISH VA TOVARNI QAYTARISH
12.1.Buyurtmani bekor qilish. Xaridor unga “Tovar jo’natilganligini tasdiqlovchi xabar” yuborilgan vaqtga qadar Buyurtmadan butunlay yoki qisman bosh tortish huquqiga ega. Buyurtmani bekor qilish uchun Xaridor Kompaniya bilan bog’lanishi va Buyurtmadan bosh tortganligini bildirishi kerak.
12.2.Nuqsonsiz Tovarni almashtirish. Qonunchilikka ko’ra, Xaridor sotib olingan nuqsonsiz nooziq‑ovqat Tovarni, unga topshirilgan kundan boshlab 10 (o’n) kun mobaynida boshqasiga pulini qaytarmasdan va yangi Buyurtmani rasmiylashtirmasdan almashtirib olishi mumkin. Xaridorning Tovarni almashtirib berish yoki qaytarish talabi bajarilishi mumkin qachonki, agar Tovardan foydalanilmagan, uning tovar ko’rinishi, iste’mol xususiyatlari, plombalari, yorliqlari saqlangan, shuningdek Kompaniyadan sotib olinganligi isbotlangan bo’lsa. Qonunchilikka muvofiq, qaytarib yoki boshqasiga almashtirib berilishi mumkin bo’lmagan xuddi shunday Tovar turlari bundan mustasno. Xuddi shunday Tovarga almashtirib olish uchun, Xaridor Kompaniya bilan bog’lanib, almashtirib olish niyatini bildirishi kerak. Ishlab Chiqaruvchida almashtirib berish uchun kerakli Tovar bo’lmagan taqdirda, Xaridor o’zi sotib olgan Tovarni Kompaniyaga qaytarib berishi va yetkazib berish xarajatlaridan tashqari to’lagan summasini qaytarib olishi mumkin.
12.3.Nuqsonli Tovarlar. Qonunchilikka muvofiq nuqsonli Tovarga nisbatan Xaridor Ishlab Chiqaruvchiga o’z hohishiga ko’ra o’rnatilgan talablarini qo’yishi (masalan, almashtirib berish, Tovarning nuqsonlarini bartaraf qilish) yoki sotib olingan Tovardan voz kechishi va Tovar uchun to’lagan pul mablag’larini qaytarishni talab qilishi mumkin. Tovarga nisbatan talablar qo’yish yoki uni sotib olishdan voz kechish uchun Xaridor bu haqda Kompaniya bilan bog’lanishi va o’z istagini bildirishi zarur.
12.4.Pul mablag’larini qaytarish. Pul mablag’larini qaytarish aynan Xaridor Tovarga Buyurtmani rasmiylashtirishda tanlagan usulda amalga oshiriladi. To’lovni dastlabki usulda qaytarishning Kompaniyaga bog’liq bo’lmagan sabablarga ko’ra imkoni bo’lmagan taqdirda to’lovni qatarish usuli tomonlarning kelishuviga ko’ra amalga oshiriladi.
12.5. Tovarni qaytarish xarajatlari. Nuqsonsiz Tovar qaytarilgan taqdirda, xarajatlar Xaridor tomonidan qoplanadi. Nuqsonli Tovar qaytarilgan taqdirda xarajatlar Ishlab Chiqaruvchi tomonidan qoplanadi.
13. E’TIROZ BILDIRISH
13.1.Buyurtma qabul qilib olinganidan keyin va Buyurtmani qabul qilinganligi bo’yicha hujjatlar imzolanganidan keyin, Kompaniya tomonidan e’tirozlar qabul qilinmaydi. Tovar yetishmasligi bilan bog’liq bo’lgan e’tirozlar bundan mustasno.
13.2.Xaridor e’tiroz tartibida Kompaniyaga o’z talablarini bildirish huquqiga ega.
13.3.Ko’rsatilgan muddat davrida yuzaga kelgan yetishmovchiliklar sabablari bo’yicha kelishmovchilik yuzaga kelganda Kompaniya Tovarning ekspertizasini o’tkazishi mumkin. Agar Kompaniya xarajatlari hisobiga o’tkazilgan ekspertiza natijasida yetishmovchiliklar Kompaniya javobgar bo’lmaydigan sabablar oqibatida yuzaga kelganligi tasdiqlansa, Xaridor Kompaniyaning bunday ekspertizasi xarajatlarini qoplashni o’z zimmasiga oladi.
13.4.Tovarda har qanday yaroqsizliklar yoki nosozliklar aniqlangan Ishlab Chiqaruvchi nuqsonli Tovar uchun javobgar bo’ladi. Xaridor aybi bilan yoki Kompaniya tomonidan Tovarni tashish paytida yuzaga kelgan yaroqsizliklar bundan mustasno.
BOSHQA SHARTLAR
14. QOIDALARGA O’ZGARTIRISH KIRITISH TARTIBI
14.1.Ushbu Qoidalarga o’zgartirishlar (qo’shimchalar) kiritish Kompaniya tomonidan Internet-do’konda xabar joylashtirish yo’li bilan ixtiyoriy paytda bir tomonlama tarzda amalga oshiriladi.
15. KELISHMOVCHILIKLARNI HAL QILISH
15.1.Ofertaning bajarilishi bilan bog’liq yuzaga kelgan har qanday kelishmovchiliklar va farqlanishlar muzokaralar yo’li bilan hal etiladi.
15.2.Tovarning/Buyurtmaning sifati va yetkazilishi bilan bog’liq bo’lgan kelishmovchiliklar Ishlab Chiqaruvchi tomonidan o’rnatilgan tartibda hal qilinadi.
15.3.Kelishmovchiliklarni muzokalar yo’li bilan hal qilib bo’lmagan hollarda kelishmovchiliklar O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq hal etiladi.
16. QO’LLANILADIGAN HUQUQ
16.1.Ushbu Qoidalar bilan tartibga solinmagan barcha masalalarni hal etishda tomonlar O’zbekiston Respublikasining qonunchiligiga amal qiladilar.
16.2.Ushbu Qoidalarning alohida shartlari qonunchilikka zid bo’lgan taqdirda qonunchilik me’yorlari qo’llaniladi. Alohida shartlarining bekor qilinishi Qoidalarning butunlay bekor qilinishiga olib kelmaydi.
Xaridorning ushbu Qoidalar shartlariga rozilik bildirishi, uning Internet-do’konda joylashtirilgan barcha hujjatlar bilan tanishganligi va ularning qoidalariga ham roziligini anglatadi.
Ushbu hujjat rus tilidagi Ommaviy oferta («Публичная оферта»)ning o’zbek tiliga tarjimasi hisoblanadi. Tarjima oqibatida ushbu hujjatlarning qoidalarida ziddiyat yuzaga kelgan taqdirda, hujjatning rus tilidagi shaklida belgilangan tegishli qoidalar qo’llaniladi.