Yosh asalarilarning bo’g’iz va yuqori jag’ bezlaridan ajralib chiqadigan shirani ona ari suti («shoh taomi») deyishadi. U tashqi ko’rinishidan sarg’ish, oq, o’ziga hos hidli va o’tkir nordon ta’mli yelim sifat modda. Asalarilar ona ari suti bilan ona asal ari qurtchalari (lichinkalar)ni 5 kun davomida, ishchi asalarilar va erkal asalarilar qurtchalarini esa hayotlarining birinchi 3 kuni mobaynida boqadilar. Asalarilar, shuningdyek ona arilarni tuhum qo’yish davrida bahor va yozda ham sut bilan boqadilar. SHuning natijasida u bir mavsumda 200 mingtacha (bir sutkada 2 mingtadan ortiq) tuhum qo’yishga qodir bo’ladi. Ona ari sutining o’ziga hos xususiyati tufayli ishchi asalarilar 30-35 kun yashagani holda ona asalarining umri 6 yilga cho’ziladi. Asalarilarda ona ari suti ular hayotining 4-6 kunidan boshlab paydo bo’ladi. Oqsil, yog’ va vitaminlar, tomoq bezlariga boy perga (gul changlari bilan aralashgan asal)ni yeb, asalarilar kuchli rivojlanadilar va ona ari suti ishlab chiqara boshlaydilar. U naycha orqali bo’g’izga, so’ngra so’ruvchi xartumchaga oqib keladi. Asalari xartumchadagi sutni kataklardagi ona ari qurtchalariga beradi yoki ona arilarni ovqatlantiradi. Asalarilar 10-12 kunlik bo’lgunga qadar sut ishlab chiqaradilar. Ona ari suti tarkibida 20 ta atrofidagi aminokislotalar va ko’plab vitaminlar: B1, B2, B6, B8, B12, C, O’, PP va boshqalar shuningdek, 15 ta mikroelement bo’ladi. Ular orasida oqsil almashuvida ishtirok etuvchi kobalt eng ko’p qiziqish tug’diradi. Ona ari suti yuqorida aytilgandan tashqari qondagi gemoglobin miqdorini ko’paytirishga yordam beradi. Shunday qilib, ona ari suti organizmning yuqumli kasalliklarga bardoshliligini oshiradi, allergiya hodisalarini oldini olishga, arterial qon bosimini meyoyorlashtirishga, organlarning va qariyotgan organizm sistemasini davolashga va boshqa ko’p narsalarga davodir.
manba: maslahatim.uz.