Xususiyatlari
Ko’pchiligimiz bilamizki, tog’li hududda yashovchilar uzoq umr ko’ruvchilar deb hisoblanishadi. Texnologik taraqqiyot ushbu hududlarga chuqur kirib bormaganligi sababli, bu yerdagi o’ta toza havo va yosh o’simliklar dunyosi tog’lik insonlarga kuch bag’ishlaydi. Bunday o’simliklardan tog’ asalarilari nektar yig’adilar va natijada eng toza va foydali tog’ asali vujudga keladi. Ayniqsa hududda o’sadigan bir qator kamyob gullardan yig’ilgan nektar asalga o’ziga xos shifobaxshlik xususiyatini qo’shadi. Nektar ko’proq qanday gullardan yig’ilganiga qarab asalning rangi, hidi va ta’mi turlicha bo’lishi mumkin. Lekin tabiiy bo’lganligi sababli bunday asal shamollash kasalliklarini juda yaxshi davolaydi.
Qo’shimcha ma’lumotlar: о горном мёде.


Taqrizlar
Taqrizlar mavjud emas.