1. To’lov usullari
Buyurtma uchun to’lov quyidagi usullarda amalga oshirilishi mumkin:
- Yetkazib berishdan oldin onlayn rejimida xaridorning plastik kartasidan elektron to’lov tizimlari orqali (Click, Payme);
- Yetkazib berilgandan keyin xaridorning plastik kartasidan bank to’lov terminali orqali;
- Yetkazib berilgandan keyin naqd pul ko’rinishida.
Yetkazish muddati
Buyurtmani yetkazish har kuni – ish kunlarida, dam olish va bayram kunlari. Yetkazish vaqtlari – buyurtma qabul qilingan kunning ertasi kuni soat 09:00 dan 17:00 gacha. Buyurtmani kunning qaysi vaqtlarida yetkazilishi buyurtmani rasmiylashtirish paytida aniq ko’rsatilishi mumkin.
Yetkazib berish hududi
Tovarlar quyidagi hududlarga yetkazib beriladi:
Farg’ona shahri va uning markazidan 10 km masofagacha;
Bag’dod tumani va uning markazidan 10 km masofagacha.
Toshkent shahri bo’yicha;
Boshqa hududlarga tovarni olib ketish kelishilgan holda yoki xaridorning o’zi tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Yetkazib berish usullari
Tovarlarni yetkazib berish quyidagi usullarda amalga oshiriladi:
- Yagona stavka bo’yicha pulli yetkazish;
- Ma’lum shartlar asosida bepul yetkazish;
- Xaridorning o’zi tomonidan olib ketish.
Kichik va katta hjmli tovarlar
Internet-do’kondagi asalari qutilari va asalari oilasi katta hajmli tovarlar hisoblanadi. Saytdagi boshqa tovarlar kichik hajmli tovarlarga kiradi.
Yetkazish haqi
Tanlangan tovarlarning hajmi, umumiy summasi va yetkazish usuliga ko’ra buyurtmani yuqorida ko’rsatilgan hududlarga yetkazish yagona stavka bo’yicha pulli yoki bepul bo’lishi mumkin.
Buyurtmani yagona stavka bo’yicha pulli yetkazish haqi tovarlarning hajmiga ko’ra quyidagicha:
Kichik hajmli tovarlarni yetkazish: 5.000 so’m
Katta hajmli tovarlarni yetkazish: 50.000 so’m
Buyurtmani bepul yetkazish
Kichik hajmli tovarlarning jami buyurtma summasi 70.000 so’m dan yuqori bo’lganda yoki katta hajmli tovarlar buyurtmasida summasi 1.000.000 so’m dan oshsa, ular bepul yetkazib beriladi. Buning uchun «Savatcha» sahifasida avtomatik tarzda maxsus kuponlar qo’llaniladi (Batafsil «Savatcha» sahifasida tanishing).
Tovarni olib ketish joyi
Internet-do’konda buyurtma berilgan tovarlar quyidagi manzillardagi omborlardan, xaridorning o’zi tomonidan (bepul) olib ketilishi mumkin:
1-ombor. Farg’ona viloyati, bag’dod tumani, Olchin qishlog’i. Mo’ljal: -. Har qanday turdagi tovarlar uchun.
2-ombor. Farg’ona viloyati, Farg’ona tumani, Ilg’or qishlog’i, Farovon turmush-2 ko’chasi, 71-uy. Faqat asal mahsulotlari uchun.