Xususiyatlari
Albatta, har qanday asal mahsulotlarining asosiy tarkibiy qismi glyukoza va fruktoza hisoblanadi. Paxta asali tarkibida esa quyidagilar aniqlangan:
- 36% glyukoza;
- taxminan 40% levuleza (fruktozaga o’xshash bo’lgan, uglevodlar guruhidagi tur);
- omega-3 moylari (ya’ni paxta asali tarkibida yog’lar bo’lgan kamyob asal sortlaridan biri);
- A (beta-karotin), C (askorbin kislota) va E (tokoferol) vitaminlari;
- inson organizmi uchun zarur bo’lgan mineral va oziq vositalari.
O’zining bunday o’ziga xos biokimyoviy tarkibi tufayli paxta asali xalq tabobati va kosmetologiyada o’zining yuqori o’rniga ega bo’ldi.
Boshqa har qanday asal sorti kabi paxta asali ham shifobaxsh xususiyatlarga ega va ko’plab kasalliklarni davolashda keng qo’llaniladi. Ayniqsa uni shamollash, yo’tal, infeksiyalarda immunitetni kuchaytiruvchi vosita sifatida qo’llash yaxshi natija beradi.
Qo’shimcha ma’lumotlar: хлопковый мёд.


Taqrizlar
Taqrizlar mavjud emas.